yashna
bilan ulashing
1. Barq urib oʻsmoq, gullamoq, guli ochilmoq.
-
Oldin ekilgan gʻoʻzalarimiz esa kun sayin yashnayapti. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Yuz ochmish, yashnamish sumbul va lola. Gʻayratiy
2. Oʻziga tortadigan goʻzal holga kelmoq; yorqinlik, koʻrkamlik kasb etmoq; goʻzallashmoq.
-
Bahor kelishi bilan dala yashnar.
-
El keltirib yoydi poyandoz, Yashnab ketdi hovuz boʻylari. E. Rahim
-
Gulnorning boʻyi oʻsib, koʻkragi toʻlishib, butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chogʻda, boyvachcha uni koʻz tagiga olib qoʻygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Asrora] kirgan uy yashnab ketadi. S. Ahmad, Ufq
3. koʻchma Rivoj topmoq, kamolga erishmoq; avj olmoq.
-
[Yoʻlchi:] Xalq borgan sari pachaqlanaveradi, boylar yashnayveradi, negaki ildizi kuchimizni soʻradi-da. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Odamlarda gʻayrat va tashabbus yashnab ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Saidiyning qalbidagi soʻna boshlagan muhabbat choʻgʻi yashnay boshladi. A. Qahhor, Sarob
4. Porlab, chaqnab, yashnab koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
-
Yulduzlar charogʻon boʻlib yashnamoqda.
-
Qoʻsha-qoʻsha gilamlar yashnagan bu uy, Unsin yolgʻiz qolarkan, allaqanday sovuq tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Yayramoq, yozilmoq.
-
Yangi turmush bogʻlarinda Yosh koʻngillar yashnasin! Hamza
-
Har zamon boʻl bilim oʻchogʻida, Yashnagan maʼrifat quchogʻida. Gʻayratiy
-
Paranjini oʻt-otashga Tashlaganim-tashlagan, Davlat qushi qoʻngan boshga, Yashnaganim-yashnagan. Z. Diyor
YASHNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯШНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yashna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar