yeng
bilan ulashing
1. Kurash, jang va shu kabilarda gʻolib boʻlmoq, gʻalaba qozonmoq, raqibini magʻlubiyatga uchratmoq.
-
Makkor devni yengmoq. Musobaqada bizning komandamiz yengdi.
-
Yoʻlchi ham, Qora Ahmad ham musht bilan bir-birlarini yenga olmasliklariga ishonch hosil qilishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Qarshilik, qiyinchilik va shu kabilarni bartaraf etmoq, uni yoʻq qilmoq, qiyinchiliklarni yengmoq.
-
Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, toʻsiqlarni yengib oʻtish, intilish bor uchun ham qiziq, lazzatli. S. Nurov, Narvon
-
Jangchilarimiz bosqinchilarning qattiq qarshiligini yengib, Dneprdan ham kechib oʻtdilar. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. koʻchma Taʼsirini oʻtkazmoq, taʼsir kuchi gʻolib kelmoq (dard, kasal kabilar haqida).
-
Elgeldining koʻzlaridagi gʻazabni baxtsiz bir maʼyuslik yenggan edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Gʻam-koyish xiylagina yengib qoʻygan Marasul kirdi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
4. Oʻziga boʻysundirmoq, hukmiga olmoq.
-
Juvon toyni bemalol yengib ketayotgan boʻlsa ham, qishloqdan chiqquncha, Asqar ota juda toliqdi A. Qahhor, Xotinlar
-
Toʻgʻri, besh-oʻn kun qattiqchilikni ustimizga olib, shu oz ulov bilan koʻklamni yengib olsak, koʻp odamlarning koʻzi ochilib ketadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Gap bilan ustun kelmoq, oʻz gapini oʻtkazmoq.
-
— Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi, — dedi Jamolboy pixillab. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ota oʻgʻlini gap bilan yengib boʻlmasligini fahmlab, irgʻib turdi. S. Siyoyev, Avaz
6. sheva Haydamoq, minmoq (aravani).
-
Balki u [aravakash] oʻz aravasini emas, boy aravasini yengib ketayotgandir. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
YENG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yeng so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar