yengillash
bilan ulashing
1. Ogʻirligi kamayib, yengil boʻlib qolmoq, yengillamoq.
-
Yuki yengillashdi.
2. Yengil koʻchmoq, osonlashmoq.
-
Bir ish koʻngildagidek ado etilsa, ikkinchisini bajarish ancha yengillashadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Ogʻirlik yana ikki kun, soʻng ishlaringiz ancha yengillashadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. koʻchma Jiddiyligi, ogʻirligi kuchsizlanmoq, yengil tomonga oʻzgarmoq.
-
Mushkuli ancha yengillashgan Biyron Odilni zarb bilan chetga itardi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
zora sening sharofating bilan gunohimiz yengillashsa.ʼ U. Ismoilov, Saylanma
4. koʻchma Ruhan yengil tortmoq.
-
Bu suz bilan Otabek bir oz yengillashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bobur otini qamchilab, navkarlar qurshovini yorib chiqqanda, yuziga shabada tegib, xiyol yengillashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. koʻchma Yengillik, ijobiy tomon oʻzgarmoq, tuzalmoq. (dard, kasal haqida).
-
Eridan loaqal bir xabar kelganda ham bir navi edi, dardi yengillasharmidi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
6. so‘zlashuv tili Homiladorlik muddati tugamoq, tugʻmoq.
7. koʻchma Nomaqbul, hayosiz, suyuq tus olmoq.
-
Ichkilik taʼsirida xotinlarning qiliqlari juda yengillashadi, koʻzlari, yuzlari yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
YENGILLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕНГИЛЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yengillash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar