yengillik
bilan ulashing
1. Yengil ekanlik.
-
Yukning yengilligi. Ovqatning yengilligi. Masalaning yengilligi.
2. Erkin, yengil holat, sharoit.
-
— Podshohlarning tez-tez oʻlib turgani maʼqul, bu esa fuqaroga bir qadar yengillik keltiradi, — derdi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Ruhiyatdagi yoqimli holat, xush kayfiyat.
-
Odamning ruhida shu qadar yengillik paydo boʻladiki, qanot chiqazib, olis ufqlarga uchib ketging keladi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Poyezd qoʻzgʻalgandan keyin, Zamira ajoyib bir yengillik his qildi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. koʻchma Oqibatini oʻylamay qilingan harakat, yengiltaklik.
-
Uyini tashlab ketib, yengillik qilib qoʻydimi-a! S. Zunnunova, Gulxan
-
Mirzakarimboyning qizi Nurini-soning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xotiningiz yengillik qilayotgan boʻlsa, siz ogʻirlik qiling. S. Ahmad, Ufq
5. aynan Imtiyoz.
-
U xizmatda ham oʻziga zarracha yengillik talab qilmadi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
YENGILLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕНГИЛЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yengillik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar