sachra
bilan ulashing
1. Parchalanib otilmoq; sochilmoq. Balchiqqa kesak otma, yuzingga sachraydi. Maqol.
-
Mashina oʻtganda, loy, suv sachrayverib, devorlar shaltoq boʻlib ketgan. E. Usmonov, Yolqin
-
Otlarning taqasi tosh yoʻlga urilganidan, goho uchqunlar sachrardi. Sharq yulduzi
-
Oy chiqdi. Serbulut osmon xuddi siyoh sachragan zangori koʻylakka oʻxshardi. S. Ahmad, Ufq
2. Irgʻimoq, sakramoq.
-
Toʻgʻonbek toqati toq boʻlib, sachrab oʻrnidan turdi. Oybek, Navoiy
3. Boshi yoki gavdasini keskin harakatlantirmoq.
-
Otabek sachrab, Kumushga yuz oʻgirdi: — Bu oʻrtaga Zaynabni keltirib nimaga tiqasiz endi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gavhar, elektr toki tegganday sachrab, uning quchogʻidan chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. koʻchma Qattiq-qattiq gapirmoq, toʻsatdan oʻshqirib, gʻazab bilan tanbeh bermoq.
-
Uning [onasining] sachraydigan, bolalariga baqiradigan odati yoʻq edi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
SACHRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЧРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sachra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar