sag‘ri
bilan ulashing
1. Ot, eshak, qoramol kabilarning orqa oyogʻining ustki qismi.
-
Ot sagʻridan, qoʻy bagʻridan. Maqol
-
Bek ot sagʻrisiga achchiq bilan qamchi bosdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Toʻngʻich botir sherning sagʻrisiga qilich uribdi. Chalpak yoqqan kun
2. Gavdaning dumba bilan bel oʻrtasidagi qismi.
-
Itning tishi., sagʻrimga xanjar urganday botgan edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
3. Otning sagʻri terisidan tayyorlangan, kavush uchun ishlatiladigan koʻn, charm.
-
Koʻnchilik korxonalarida sagʻri tayyorlash muhim oʻrinni egallagan edi. F. Ozodayev, Sanoat
4. Shunday charmdan qilingan (poyabzal haqida).
-
Qish-yoz oyogʻida bir sagʻri kavush. Mahsi ham ming yamoq. Oybek, Tanlangan asarlar
SAG‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САҒРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sag‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing