besaranjom
bilan ulashing
1. Saranjom-sarishta qilinmagan; saranjom topmagan, ayqash-uyqash.
-
Besaranjom uy. Oshxona doim besaranjom.
-
Bolalarning oʻyinchoqlari, kitob, gazetalar bilan besaranjom boʻlgan xonada bir ayol yotardi. S. Zunnunova, Qanot
-
Barcha hovlilar qatori ularniki ham besaranjom. Sharq yulduzi
2. Saranjom-sarishtalikni bilmaydigan, pala-partish ish, roʻzgʻor tutadigan.
-
Besaranjom xotin.
3. Hayajon, iztirobga tushgan; tashvishli, iztirobli, bezovta.
-
Moʻylov besaranjom koʻzlarini jovdiratib, darrov gapira olmadi. S. Ahmad, Choʻl shamollari
-
Chol besaranjom boʻlib, koʻzi bejo, olma-kesak tera boshladi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida
BESARANJOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕСАРАНЖОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
besaranjom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar