talpin
bilan ulashing
1. Qanot qoqib, qoʻllarni qanot kabi yoyib, oldinga intilmoq.
-
Uchishga talpinayotgan qushdek yuragi hapriqayotgan Zulfiqorning hayajonini Meʼmor yaxshi sezib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Dadasiga talpinib turgan Kimsanni Zebiniso eriga uzatdi-da toʻrt tomonga qaray boshladi. N. Safarov, Saodatning qissasi
2. Umuman, old tomon barakat qilmoq, tashlanmoq.
-
Men oʻzimni vagondan otdim, meni koʻrib, Salomat ham oldinga talpindi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Yigitali hushidan ketayozgan qizchani mahkam bagʻriga bosib, tashqariga talpindi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Mashina oʻjarlik bilan oldinga talpinadi qumlikdan, changdan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. koʻchma Erishish, yetishish yoʻlida, harakatida, maqsadida boʻlmoq; intilmoq.
-
Avaz Mutribni bir mehr bilan suyadi, unga hamisha qalban talpinadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bunday paytlarda yashil koʻkat qanchalik koʻzni quvontirsa, shoʻrxok taʼbni shunchalik xira qilar, bamisoli biri hayotga talpinsa, ikkinchisi uni boʻgʻmoqchi boʻlardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
shon-shuhratga, amalga talpinayotgan kimsalarning qilmishi koʻnglini ozdirdi, gʻazabini qaynatdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
TALPIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛПИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talpin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar