taloq
bilan ulashing
1. Nikohni buzish, bekor qilish haqidagi er tomonidan aytiladigan soʻz; bu soʻzning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan toʻla ozod qiladi.
-
Taloq soʻzini eshitgan Kumushning koʻzi yarq etib ochilib, yana yumildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qiz xotin Kabi soʻzlar bilan qoʻllanib (odatda qoʻshma soʻz sifatida), shu soʻzga nisbatli soʻkishni, haqoratni bildiradi.
-
Men axir singli taloqni joʻrttaga qoptirdimmi? A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Tirnoqcha joyimni sen xotin taloqqa bermaganim boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
he, gap bilguncha ish bilgin, bachchataloq! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
taloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taloq qilmoq
-
Xotin qilish qoʻlingizdan kelmasa, taloq qiling! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Uch taloq
-
Usta Abdurahmon qizlarni koʻp uradi. Bir kuni Niso buvi: — Ursangiz, oʻsha doʻkoningizga olib borib uring, — deganida, usta: — Ha, joning achiydimi, bundan keyin men urayotganda, kulib turmasang, uch taloqsan — deb yubordi. A. Qahhor, Boshsiz odam
Taloq xat(i)
aynan Qorajigar 1.
-
Qoʻy soʻyilishi bilan qorin qismiga yopishib turgan talogʻini asta koʻchirib olamiz. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
TALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar