talmovsira
bilan ulashing
1. Dovdiramoq, oʻzini yoʻqotib qoʻymoq.
-
Sabogul bu savollarning birontasiga javob topolmas, talmovsirar, najot yoʻlini izlab, koʻz yoshiga zoʻr berardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Yodgor oʻzi haqidagi hukmni oʻzi oʻqigan mahbus kabi talmovsirab qolgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Ataylab oʻzini shunday holatga solmoq, shunday holatda tutmoq.
-
Oʻrtalaridagi sirdan dasturxonchining xabardorligidan hayron boʻldi, oʻzini bilmaslikka olib talmovsiradi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Cholning talmovsirayotganini ochiqdan-ochiq sezib turardi u. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar
TALMOVSIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛМОВСИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talmovsira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar