talqin
bilan ulashing
1. din. Diniy vaʼz, taʼlim.
-
[Shum bola:] Biz avval xonaqohga kirib bordik. Qalandarboshi eshikdan talqin boshlab kirdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Shuning uchun yolgʻiz ibodat, duo, talqinlar kifoya qilmaydi. Qatʼiy harakat kerak! Harakat! N. Safarov. Sharq tongi
2. Mazmun, mohiyatini tushuntirish; sharh.
-
Dilovarim, dalalarim, ehromlarim oltindan, Soʻz topolmam, baland turar taʼriflardan, talqindan. E. Oxunova, Ikki okean osha
-
Rasuljon xayrlashib ketgandan keyin ham, uning talqinini har kim oʻzicha izohlab, uzoq bahslashib oʻtirishdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. Obraz yoki musiqiy asarning oʻynov-chi, ijro etuvchi tomonidan yoritilishi, ijrosi.
-
Majdiddin obrazi Obid Jalilov talqinida shu qadar salmoqli chiqqanki, usiz spektaklni tasavvur qilish qiyin. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
4. musiqa Shashmaqomda asosiy kuyning mustaqil qismi.
-
Talqini bayot. Talqini navo.
-
Sozanda bir juft nagʻma chalib, talqinga oʻtdi. Hofiz yigit ovozi shirali, yuraklarni sel qilib, tinglovchilarni yerga qaratib qoʻyardi. S. Siyoyev, Avaz
5. sheva Qoʻshiq, ashula.
-
Erta sahar tushar tongning salqini, Paxtazorda xotin-qizlar talqini. Qoʻshiqlar
talqin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Talqin qilmoq (yoki etmoq)
-
Ammo, bari bir, suiqasdni har kim har xil talqin etardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Demak, u Shokir akaga taqlid qilishdan qochib, rolni oʻzicha talqin etgan. M. Xayrullayev, Koʻngil
TALQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar