taltay
bilan ulashing
1. Magʻrurlanib oʻzini yoʻqotmoq, kekkaymoq.
-
Kamtar boʻl, taltayma, kekkaymagil tik! Doʻst uchun zahar yut, shirin jonni tik! Yo. Mirzo
-
Muvaffaqiyatlar har qancha katta boʻlganida ham, rahbarning taltayib va kibrlanib ketishga haqi yoʻq. Gazetadan
2. Oyoq-qoʻllarni yozib, yalpayib oʻtirmoq, yotmoq, yastanmoq.
-
Taltayib oʻtirmoq.
-
Oʻktam tong otgandan soʻng qalin, yumshoq toʻshakda taltayib yotgisi kelmadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Siylagan, hurmat-izzat qilgan yoki erkalagan sari haddan oshmoq, suyulmoq.
-
Taltayib oʻsgan bola. Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol
-
Meʼmor boʻlsa ikki shogirdning sal quyushqondan chiqib, taltayishayotganidan ensasi qotib kelardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Undaqa taltaymang. Indamaganim sayin, quyushqondan chiqib ketyapsiz. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
TALTAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛТАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taltay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar