taʼm
bilan ulashing
1. Totib yoki yalab koʻrib bilinadigan xususiyat; maza-tot sezuvchi aʼzolarga taʼsirdan uygʻonadigan tuygʻu; maza, tot.
-
Achchiq taʼm. Shirin taʼm. Dorining taʼmi. Ov-qatning taʼmi tuz bilan, Odamning taʼmi soʻz bilan. Maqol
-
Hademay bir yil ham oʻtib ketyapti, Hali oʻsha mayning taʼmi lablarda. Uygʻun
-
Muzdek qovunni yesangiz, taʼmiga taʼm, mazasiga maza qoʻshiladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. koʻchma Boshdan kechirilgandagi taassurot, maza.
-
Amir sarbozligining taʼmini bir marta totgan Yodgor, bunday ozodlikni istamadi, sarboz boʻlishdan zindonda qamalib yotishini aʼlo bildi. S. Ayniy, Doxunda
TAʼM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar