talvasa
bilan ulashing
Esankirash, sarosima va shu kabilar bilan yuz beruvchi bezovtalik, hayajonli holat.
-
Mana endi talvasa bilan qalbi tubiga bekitib kelgan sirini ochib qoʻydi Shuhrat, Umr pogʻonalari
-
[Yorqinoy] Dadasining oq qilishini achchiq ustidagi talvasa deb bilardi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Yaradorlar iztirob va isitmaning zoʻridan talvasa bilan birdan sachrab turar, soʻng hushsiz yiqilar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
talvasa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jon talvasasi
-
Ularning uchi [uchtasi] oʻlgan, biri esa hali jon talvasasida edi. O. Otabekov, Kam boʻlmagur, oʻgʻil
-
U [erkak] ayolning bilagidan ushladi. Ayol jon talvasasida: — Voydod, odam bormi!?— deb qichqirib yubordi. F. Nasriddinov, Tundagi voqea
-
Sayyod domidan hurkigan ohuday jon talvasasida qochib qoldi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
TALVASA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛВАСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talvasa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar