harna
bilan ulashing
1. folk. belg. olm. Barcha, har nima, nimaki.
-
Quloq soldim harna desa amriga H. Olimjon
-
Harna sirni aytavering oʻzima. Hasanxon
-
Koʻnglidagi harna gʻuborlar ketdi Bahrom va Gulandom
-
Arkon davlatimni senga topshirdim, Harna ixtiyorim senga topshirdim. Hasanxon
2. Nima boʻlganda ham, har holda.
-
Xoʻjabekovning soʻziga kirib, harna yalama boʻladi, deb hamma yoʻlboshlovchi serkalarning junini qirqtirib yubordi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Lekin Qoʻldosh harna oʻzini Karimdan ojiz sanab, gapni boshqa yoqqa burib yubordi. H. Shams, Dushman
3. so‘zlashuv tili Shunisi ham yomon boʻlmasligi, hechdan koʻra shunisi ham maʼqulligi maʼnosini bildiradi.
-
butun bir mavsumda oʻn mehnat kunini pilladan yulib, paxtaga bergani yordam qilsalaring ham harna! A. Qahhor, Tanlangan asarlar
-
Ikkovizga bittadan eshak yozsayam, harna. S. Siyoyev, Yorugʻlik
HARNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
harna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar