haromxo‘r
bilan ulashing
1. din. Harom, shariatda man qilingan ovqatlarni isteʼmol qiladigan.
-
Haromxoʻr kishi.
2. koʻchma ayn. Haromtomoq.
-
Nafsi yomon, haromxoʻr, mehnatni sevmas, unga Tekin taom, tekin pul, aysh-u taralla boʻlsa. Uygʻun
-
Birovning doʻppisini birovga kiygizib kun koʻruvchi bunaqa haromxoʻrlar bozorda kezib yurisharkan. Mushtum
3. Oʻlimtiklarni yeyuvchi (qushlar haqida).
-
Jilgʻaning ustida bir gala qoraqush va kalxatlar gir aylanib uchib yurardi. Otryad otlarning boshini tortib, haromxoʻr qushlarni tomosha qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
HAROMXO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРОМХЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haromxo‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar