harom
bilan ulashing
1. din. Shariat hukmiga muvofiq yeyish, ichishga, foydalanishga yaramaydigan, halol emas.
-
Eshakning kuchi halol, goʻshti harom deganlaridek
-
U Ashir bilan qoʻl berib soʻrashishga hazar qilibdi. Chunki Ashir choʻchqaboqar-da! Balki choʻchqa shariatda harom maxluq hisoblangani uchun undan hazar qilgandir. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Shariat boʻyicha, anʼana yoki tartib-qoidalarga koʻra man etilgan ish, xatti-harakat; shu yoʻl bilan topilgan narsa; hayotida shunday yoʻl tutuvchi kimsa.
-
Toʻgʻri boʻl, haromdan hazar et, degansiz. Yigʻlab turgan gʻaribning yoniga kir, koʻnglini ol, degansiz. S. Siyoyev, Avaz
-
Jinoyatchilik yoʻli bilan topgan harom pulingiz hisobiga yegan ovqatlarimizdan hali ham oʻqib yuribmiz. Mushtum
-
Shunaqa harom odamlar oʻz egalariga yaxshi xizmat qiladilar Mirmuhsin, Meʼmor
3. so‘zlashuv tili Jinsiy munosabatdan soʻng gʻusl qilmagan, choʻmilmagan.
4. Foydalanish mumkin boʻlmagan, esiz ketgan narsalarga nisbatan qoʻllanadi.
-
U bu majlisga Saidgʻozi bilan birga kechalari uyqusini harom qilib tayyorlandi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
yo haftada bir keladigan dam olish kunini ham haromga chiqarib, bozor-oʻchar qilsinmi? T. Alimov, Ishqilib, oʻqimagan boʻlsin-da
-
Endi bu yerlar bizga harom boʻlibdi, Bu arab yurtida bizga nima bor? Bahrom va Gulandom
harom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Harom oʻlmoq
-
Qoʻychivon koʻp boʻlsa, qoʻy harom oʻladi. Maqol
-
Otamning Chemberlen degan echkilari bor edi, harom oʻlay deganda, boʻgʻziga pichoq tortib yuborganlar. S. Ahmad, Hukm
Harom qilmoq
-
Kel, quturgan itlar harom qilmasdan turib, shu toza yuzlaringdan oxirgi martaba oʻpay! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Qizishmang! Tabarruk qilichingizni bu iflosning qoni bilan harom qilmang! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
HAROM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
harom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar