xom
bilan ulashing
1. Tabiiy ravishda pishib yetilmagan, pishmagan; gʻoʻr.
-
Xom tarvuz. Xom olma.
-
Uzum gʻoʻrasini gʻarch-gʻarch chaynardilar, turpning suvini ichardilar, xom anorni yemasalar, uxlolmasdilar. S. Ahmad, Yulduz
-
Talʼat bir dona xom koʻrakni yulib olib, orasini yordi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Pishirilmagan, qaynatilmagan.
-
Xom goʻsht. Xom sut.
-
Oʻzingiz ham necha bor sinab koʻrdingiz: bir dona xom sabzi jigʻildon qaynashini toʻxtatadi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
3. Qayta ishlanmagan, yaxshi ishlov berilmagan yoki chala ishlangan; xomaki.
-
Atrofimdagi imoratlarning koʻpi pishiq gʻishtdan, baʼzilari xom gʻishtdan boʻlsa ham koʻkrakdor Shukrullo, Saylanma
-
Tezak, xom teri isi aralash achimsiq badboʻy hid dimogʻiga urildi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Toʻtiqiz tokchadan doʻppi xomini olib, koʻrpachaga kelib oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Yengil-yelpi, chala, yuzaki.
-
Xom asarlarga yoʻl qoʻyib bersak, boshqalar, menikining undan nimasi kam, deb qolmasmikin? Shukrullo, Saylanma
5. koʻchma Puxta emas, yuzaki.
-
Bilasizmi, ishni xom qildingiz, yoningizga Barotovdan boshqa odamni torta olmadingiz. S. Zunnunova, Olov
-
U [Mahkam] goʻdakligiga borib, xom oʻylagan ekan. R. Fayziy, Hazrati inson
6. koʻchma s.t. Tajribasi yoʻq, sodda, gʻoʻr.
-
— Voy ovsin-ey, xomsiz-da hali. Erning gapiga laqqa tushib yuraverasiz, — dedi Saboxon Mahmudaga. J. Abdullaxonov, Toʻfon
xom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arpangni xom oʻrdimi
Xom ot
-
Oltin suvligʻin chaynatdi, Olti oy boqilgan xom otdi. Erali va Sherali
Xom sut emgan banda
Xom xayol, xomxayol
-
Buyukman deb xom xayol surma. Sh. Rahmon
Chuchvarani xom sanamoq
XOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar