xolis
bilan ulashing
1. Voqelikka haqqoniy nazar bilan qaraydigan, obyektiv baholaydigan.
-
Tarjima tanqidchisi xolis boʻlishi, tahlilga oldindan qatʼiy hukmlar bilan cheklanib kirishmasligi kerak. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
2. Begʻaraz, samimiy; taʼnasiz.
-
Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy edi. A. Qodiriy Mehrobdan chayon
-
— U [Toʻxtasin Jalilov] bilganlarini menga minnatsiz, jon-dili bilan, xolis oʻrgatar edi, — dedi Halima. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
3. huquq Qamoqqa olish, tintuv oʻtkazish kabi hollarda hukumat organlari tomonidan obyektiv guvoh sifatida chaqirilgan shaxs.
-
Xolis oʻzi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin. Gazetadan
4. Biror kimsa yoki narsadan xoli.
-
Dunyo nodonlardan xolis boʻlganda edi, bu olam yana ham munavvarlik kashf etardi. Gazetadan
5. Xolis (xotin-qizlar ismi).
xolis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Niyati xolis
-
Buni qarang, niyati xolis bolaman-da, oʻzingizga roʻpara kelib turibman. S. Ahmad, Ufq
Xolis guvoh
Xolis xizmat
-
Bu joy mehnatkashlarga xolis xizmat qiladigan oromgohdir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
-
Bu tintuv Sayfiyning xolis xizmati tufayli boʻlganligini u [Avaz] darhol angladi. S. Siyoyev, Avaz
XOLIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОЛИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xolis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar