xoli
bilan ulashing
1. Kimsasiz, boʻsh.
-
Nuriniso esa ichkari hovlidagi toʻrt uydan biri — onasining uyiga kirdi. Chunki bu uy xoli edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. sifatdosh Chet, xilvat, ovloq.
-
Yigit oʻylay-oʻylay, Shoqosimning xizmat qiladigan joyini, juvozkashnikini maʼqul koʻrdi. Chunki bu joy Mirzakarimboy uyidan ikki-uch mahalla narida, ham bundan boshqa xoli joyni topish qiyin. Oybek, Tanlangan asarlar
3. ravish Yakkama-yakka, guvohlarsiz.
-
Qani, oʻtiring, siz bilan xoliroq gaplashaylik-chi boʻlmasa. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Siz bilan maslahatlashmoqchi edim, xoli koʻrishganimiz yaxshi boʻldi, — dedi Nina Oynisaga. H. Gʻulom, Toshkentliklar
4. Biror narsadan ozod, boʻshagan, unga aloqasiz.
-
Bu [hijron] Temirjonni xiyla qiynagan, kundalik tashvishlardan xoli boʻlgan paytlarda esa oʻylay-oʻylay oʻyiga yetolmay hasrat chekar edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
xoli soʻzi qatnashgan jumlalar:
...dan xoli emas
-
Odamning oʻz faoliyatini oʻzi tahlil etib turishi foydadan xoli emas. Kechga borib yomgʻir yogʻishi ehtimoldan xoli emas. Mazkur ilmiy ish kamchilikdan xoli emas.
Xoli qoldirmoq (yoki qoʻymoq)
-
— Eshon xalfa, endi bizni xoli qoldiring, — dedi hazrat fotiha oʻqilgach. — Xoʻp, taqsir, — dedi-yu, Matqovul xalfa chiqib ketdi. K. Yashin, Hamza
-
Dovogʻi soliq soqchi ham unchalik insofsiz emas ekan, ikkovimizni xoli qoldirib, hovliga chiqib ketdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
XOLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xoli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar