xol
bilan ulashing
1. Badanda, teri ustida boʻladigan tugʻma dogʻ yoki boʻrtma.
-
[KumushI] Latif burni yonidagi qora xolining tabiiyligiga ishonmagandek qashib koʻrdi va koʻzgu yonidan joʻnadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. tibbiy Terining tugʻma nuqsonlaridan biri.
3. Domino, pichoq dastasi va shu kabilarga oʻyilgan yoki qadalgan belgi; bezak uchun qilingan koʻz va shu kabilar
4. koʻchma Biror narsaning eng muhim. chiroyli joyi; latofat, goʻzallik, husn.
-
Fargʻona — Oʻzbekistonning xoli, husni. Shuhrat, Shinelli yillar
xol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xol qoʻymoq
-
Ikki qosh oʻrtasi qizil xol qoʻymoq Hindu qizlarining qadim koʻrkidir. Gʻ. Gʻulom
-
Laʼli shakar, soʻzlari bol, Oq yuziga qoʻyibdi xol. Bahrom va Gulandom
-
Endi boʻlar ish boʻldi. — Qoʻʼy, Xolvoy, muncha kuyding, Moʻl hosil yetkazding-u, Yigʻib olmay xol qoʻyding. O. Qoʻchqorbekov
Xol boʻlib tushmoq
-
— Yoʻl boʻlsin Avazxon oʻgʻlingizga, Xol tushgan Chambil elingizga — dedi Jortiboy oqsoqol Goʻroʻgʻliga. Zulfizar bilan Avazxon
Ayollarning peshona va chakkaga taqadigan bezagi, zargarlik buyumi.
-
Baqtriya (2-asr), Dalvarzintepa (3-asr) dan topilgan, peshonasida xollari boʻlgan haykallar xolning qadimiyligidan darak beradi. OʻzME
XOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar