xola
bilan ulashing
1. Onaning singlisi yoki opasi.
-
Bobur xolasi va qayligʻini butun odamlari-yu koʻch-koʻronlari bilan birga qoʻriqlab olib ketmoqda. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat qilish shakli.
-
Lutfiniso boʻgʻchadan ikki doʻppi olib, besh soʻm pul bilan uzatdi. Yoʻl toʻsuvchilar quvonib baqirishdi: — Toʻy ustiga toʻy koʻring, xola! Oybek, Tanlangan asarlar
-
U kampirga yaqinroq borib: — Ikki kilo tortvoring [nokdan], xola, — deya unga yuz-landi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
3. Hurmat yuzasidan yoshi katta ayollar ismiga qoʻshib ishlatiladi.
-
[Rais:] Qani, Toʻxta xola, gapiring! A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
XOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar