harorat
bilan ulashing
1. Qizigan narsaga xos issiqlik, kuchli darajadagi issiqlik.
-
Olovning harorati. Quyoshning harorati.
-
Dasht, dasht! Harorat zarbidan hamma yoq lip-lip etadi. A. Qahhor, Maston
-
Hora kigizlarni yondiray deb, har bir teshikdan oʻtov ichiga kirgan harorat uyni xumdonga aylantirgan edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Ichdan chiqayotgan harorat ogʻzini kuydirayotgandek, puf-puflab nafas olib oʻtirgan mingboshi keluvchiga bosh irgʻadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Narsalarning issiq-sovuqlik holati; temperatura.
-
Havoning harorati. Haroratning oʻzgarib turishi. Moʻtadil harorat. Yuqori harorat. Sovuq harorat. Harorat pasayib, qor yogʻa boshladi.
-
Joʻra polvon yerning yetilishi, tafti, nami, harorati sugʻorish usullarini yaxshi biladi. I. Rahim, Ixlos
-
Harorat yetarli boʻlsa, toʻqqiz-oʻn kunda sholi unib chiqadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Tananing kishi salomatligi holatini koʻrsatuvchi issiqlik darajasi; temperatura.
-
Bemorning haroratini oʻlchamoq.
-
Meʼmorning harorati pastga tushmas, buning ustiga tinmay alahlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. koʻchma Ruhiy koʻtarinkilik, joʻshqinlik.
-
Gʻulomjon endi oʻzini ancha tutib olib, oʻt bilan, harorat bilan gapirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Yusufjon qiziq toʻqson yoshga kirgan boʻlishiga qaramay, hali unda yoshlik harorati soʻngan emasdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Harorat bilan aytilgan bu soʻzlar zamirida ulkan bir haqiqat yotibdi. Gazetadan
5. koʻchma Hissiy taft, zavq, lazzat.
-
Elmurod Zeboni kuzatib qoʻyib, issiq bir boʻsa harorati bilan qaytib kelgach, uzoq uxlolmadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oʻsha tuni eng birinchi bor Sezgan edi lab haroratin. Sayyor
HARORAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРОРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
harorat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar