sag‘ir
bilan ulashing
1. Hali voyaga yetmagan yetim bola.
-
Sagʻir haqqiga tegib boʻlmas. Sagʻirning haqi — sopqonning oʻqi. Maqol
-
— Desangiz, Oynaxon, oʻzi [Maʼmurjon] bir sagʻir bola, hech kimi yoʻq, — dedi mehmon xotin. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Dushman koʻrsang, qoʻymay izdan quvlagin, Sagʻir koʻrsang, aning koʻnglin ovlagin. Erali va Sherali
-
Madamin shovqin soldi: — Xudoyqul mening jigarim, ammamdan qolgan sagʻir. Yetti yoshidan boqib odam qildim. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Yosh bola, kichkina bola.
-
Mahalla bu hangomadan uygʻonib, Eshigiga keldi sagʻir-u kabir. Muqimiy
SAG‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sag‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar