sayyor
bilan ulashing
1. Bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurib xizmat qiladigan.
-
Sayyor koʻrgazma. Sayyor ustaxona. Sayyor kino.
2. Doimiy joydan boshqa yerga borib oʻtkaziladigan, uyushtiriladigan.
-
Sudning sayyor majlisi. Sayyor ilmiy sessiya.
3. Muqim turar joyidan boshqa joylarda kezib yurib, ish olib boruvchi.
-
Sayyor muxbir.
-
Unda-bunda sayyor attorlarning ip ketdi, igna ketdi kabi qichqiriqlari shahar shovqiniga madad berib turadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. eskirgan, kitobiy, aynan Sayyoh.
-
Nosirboy ham boʻsh kelmaydi: — Men! Nomim Nosir sayyori Samarqandiy. A. Qodiriy, Obid ketmon
5. Sayyor (erkaklar ismi).
SAYYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЙЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar