sazo
bilan ulashing
1. Qilmishiga yarasha oladigan tanbeh, taʼzir, dashnom.
-
Devorlar ham menga sazo berayotgandek qizardim, hech qayoqqa qaray olmadim. Oydin, Hikoyalar
2. Oniy istak; intilish; raʼy, shaxt.
-
Yigitning sazosi singuncha, shaytonning boʻyni uzilsin. Maqol
sazo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sazosini (yoki sazasini) qaytarmoq (yoki oʻldirmoq, yerda qoldirmoq)
-
Insof kerak, Asadvoy! Qariyaning sazosini oʻldirish yaxshimas, oppoq soqolini hurmat qilish kerak. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa ham, odamning yuzi issiq, hamsafar boʻlish toʻgʻrisidagi sazosini oʻldirmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
sheva Sado, tovush, ovoz.
-
Xotinidan sazo chiqmagach, Sohib qori qoʻlidagi sarpolarni Xolidaning boshidan oshirib, ichkariga otdi. I. Rahim, Chin muhabbat
SAZO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЗО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sazo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar