chaqna
bilan ulashing
1. Yorqin nur, olov uchqunlari sochmoq.
-
Zargarov sahroda yashin chaqnagan tunlarni yaxshi koʻrar edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Quyosh dam bulut orasiga kirib, dam keskin yaltirab chaqnardi. Oybek, Navoiy
2. Yarqiramoq, yalt-yalt etib tovlanmoq; yaltiramoq.
-
xuddi shu payt Muqaddas ham qaradi-da, sadaf tishlarini chaqnatib, bir kuldi. O. Yoqubov, Muqaddas
-
Koʻzlari hamon kulgidan chaqnab turardi. Saodat
-
Choʻqqilarning qil uchi xuddi qilich damidek chaqnab turibdi. S. Ahmad, Jimjitlik
3. Yorishmoq, yop-yorugʻ boʻlmoq.
-
U [Komil] toʻgʻri uyga kirib elektrni yoqib yubordi. Yasogʻliq xona chaqnab ketdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Tuynukdan nur tushib, xonaning bir burchi chaqnab ketdi. Yoshlik
4. Aks etmoq; namoyon boʻlmoq, ifodalanmoq, bilinmoq (nigoh, koʻz qarashga nisbatan).
-
Nigohida nafrat chaqnab, beixtiyor kaftini peshonasiga bosdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Olazarak koʻzlarida faqat tashvish va hadik chaqnardi. F. Musajonov, Himmat
5. koʻchma Yashnamoq, gul-gul ochilmoq; yosh va chiroyli koʻrinishga eta boʻlmoq.
-
Skameykada oʻtirgan ona hali zamon qizining chaqnab, togʻ kiyigidek oʻynoqlab chiqishini kutardi. Mirmuhsin, Umid
-
Chaqnab yurgan chogʻi yuzlari naqsh olmaday boʻlib turar, endi oʻzini yoshligidagiday koʻrgisi kelar edi. Yoshlik
-
Shu qiyofada [Qobul Komilovich] xushqad yigitlarday chaqnab koʻrinardi koʻzga. J. Abdullaxonov, Xonadon
6. koʻchma Joʻsh urmoq, tugʻyonga kelmoq.
-
Yuragingda chaqnasin faqat Yorugʻ xayol, samoviy oʻtlar. A. Oripov
chaqna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyogʻidan oʻt chaqnamoq
-
Yigit degan argʻumoqday oʻynoqlab, oyogʻidan oʻt chaqnatib yurishi kerak. S. Siyoyev, Otliq ayol
Tuyogʻidan oʻt chaqnamoq
-
Uch yoshga kirganida, [Qora Jayron] bulutga sakraydigan, tuyogʻidan oʻt chaqnaydigan ot boʻldi. S. Ahmad, Jimjitlik
CHAQNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaqna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar