chaqmoq
bilan ulashing
1. Atmosferaviy elektr zaryadi; yashin.
-
Osmondagi dabdabali, ammo foydasiz chaqmoq boʻlishdan koʻra, yerda bir tutam olov boʻlib, bir gʻaribning qozonini qaynatmoq afzaldir. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. koʻchma Oʻt, uchqun.
-
Qizning shahlo koʻzida nafrat chaqmogʻi yalt etib yondi-yu, oʻchdi. Yoshlik
chaqmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chaqmoq chaqdi
-
Mana chaqmoq chaqdi nogahon, Zimiston tun choki soʻkilar. R. Parfi
-
Guldur etib, bulut tarqab, Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. Hamza
Oʻt oldirish asbobi.
-
Tohir shivirlab soʻradi: — Chaqmoq bilan tutantiriqni ham oldingmi? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Papiros chekish uchun olib yurgan chaqmogʻidan boshqa yorugʻ beradigan bir narsa yoʻq. Oydin, Mardlik — mangulik
chaqmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chaqmoq moʻylov
-
Chaqmoq moʻylovini burab, doʻppisiga rayhon qistirgan Ikromjon gʻoʻza qator oralariga kirib ketdi. Mirmuhsin, Qizil durralar
chaqmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chaqmoq telpak
-
Xomtama boʻlma, sening kavushingga ular zor emas, moʻynadoʻzlar tikkan chaqmoq telpaklarni ham boshlariga urmaydilar. M. Osim, Elchilar
-
Shunda eshikdan gimnastyorka, galife shim va chaqmoq telpak kiygan bir yigit engashib kirdi. Yoshlik
chaqmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chaqmoq qand
-
Kimyogar yangi bir zarra kashf etsa, Bu ijod boisi boʻlgan, hoynahoy, Stolning chetiga siz qoʻyib ketgan Bir chaqmoq qand bilan bir piyola choy. E. Vohidov
CHAQMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaqmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar