bo‘yra
bilan ulashing
Tozalangan qamish choʻpidan toʻqilgan toʻshama.
-
Eslaringizdami Zokirxoʻja qas-soblar gilam ustida oʻtirganda, biz oʻti-rishga boʻyra ham topolmas edik. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gadoyboy boʻyraga chordona qurib oʻtirdi-da, fotiha qildi. H. Gʻulom, Feruza
-
Tolzordagi tepasi boʻyra bilan yopilgan yozlik choyxonada odam uncha koʻp emasdi. S. Ahmad, Saylanma
bo‘yra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir boʻyra
-
Bir boʻyra yer.
-
uyning orqa devori bir boʻyra eni kesib tushirilgan boʻlib, qorayib koʻrinardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir boʻyra yerning pichani oʻrib olinsa, bir mashina chiqaveradi. M. Ahmadjonov, Balli, zarbdorlar!
-
Rixsixon bir boʻyra^ina yerga ekilgan piyozni oʻtoq qilayotgan edi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Bir boʻyra sholi.
Boʻyra puli
-
— Chogʻimda, payshanba puli ham, supurgi puli ham, boʻyra puli ham olmasa kerak. Yo olarmikan-a? — Yoʻgʻ-e, oʻlibdimi! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hozirgi eski maktablarimizda bolalar har payshanba non yoki nonning pulini olib boradilar. Bundan boshqa boʻyra puli, koʻmir puli., ham bor. Oybek, Tanlangan asarlar
BO‘YRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘YRA so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘yra so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘yra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing