turtki
bilan ulashing
1. Uncha qattiq, kuchli boʻlmagan qisqa, keskin zarb.
-
Hoʻkizga turtki, donoga ishora kifoya. Maqol
-
Bir vaqt u allakimning turtkisidan uygʻonib ketdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
-
Orqaroq-da qolgan Vitya alanglab, odamlarning turtkisi yoqmay, qadam tashlardi. R. Fayziy, Hazrati inson
2. koʻchma Biror ish, harakat va shu kabilarning boshlanishi, amalga oshishi, yuzaga chiqishi uchun qoʻzgʻatuvchi, undovchi narsa, sabab.
-
Bu fikrlarni aytishimga olimlar davrasidagi suhbat turtki boʻldi. Gazetadan
-
Men xayolimdan dastlabki poemalarimning yara-tilishi, unga sabab boʻlgan voqealar va yozilishiga turtki boʻlgan odamlarni oʻtkaza boshladim. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
3. koʻchma Kishini xoʻrlovchi, tahqirlovchi harakat.
-
Yana mehnat, turtki, yupun, qish kuni och. Gʻ, Gʻulom
-
Yana avvalgi doʻq-u turtki-yu tuhmatga oʻtib, Koʻcha-koʻylarda sizni zor ila hayron qiladir. Hamza
turtki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Turtki bermoq
-
birda muruvvatpesha, birda johillikdan oʻzini unutadigan Muhammad Rahim-xon [Avazning/ ham shafqatini uygʻotar, ham nafratiga turtki berardi. S. Siyoyev, Yorugʻ-lik
Turtki yemoq
-
Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb, bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Oybek, Navoiy;
-
Salomat qaqshoq oʻgay ona bilan chiqisholmadi. Har kun janjal, eshitmagan gapi, yemagan turtkisi qolmadi. S. Ahmad, Hukm
TURTKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРТКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turtki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar