turt
bilan ulashing
1. Gavda (tana)ning biror aʼzosi (qismi) bilan teginmoq, tegmoq.
-
Turtib yubormoq.
-
Polvon odamlarni itarib, turtib oʻtdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Toʻrt kun avval, ertalab mashina turtib ketdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Shunday harakat — eʼtiborni tortuv-chi, ishora qiluvchi, undovchi belgi sifatida.
-
Qayragʻoch tagidagi soʻrida oldiga choynak qoʻyib, yolgʻiz oʻzi xayol surib oʻtirgan ustani koʻrib, hamrohimni turtib qoʻydim. S. Ahmad, Xazina
-
Aravakashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: — Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Qaytanga ikki non-xoʻr kamayadi, — dedi Bayonqul aka va etigining uchi bilan oyogʻimni turtdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. koʻchma Eʼtiborni tortuvchi, ogohlantiruvchi gap-soʻz, xatti-harakat qilmoq.
-
Karimqul ponsad hojini turtmak maqsadida: — Kengashli ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz oʻylashib javob bersinlar-chi, axir! — deb qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yigʻilish joyida oʻtdi. U kishilarni ancha turtib, changini qoqib qoʻydi xotirjamlikka berilib ketganlarning koʻzini ochib qoʻydi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
4. koʻchma Xoʻrlamoq, kamsitmoq, yerga urmoq.
-
Birovni nohaq turtish, xoʻrlash yaramaydi. Urgandan turtgan yomon. Maqol
5. so‘zlashuv tili “Ketmoq”, “oʻtmoq”, “qoʻymoq” feʼllari bilan birga kelib (boshqa narsalar qatorida), qayd qilmoq, taʼkidlamoq maʼnosini bildiradi.
-
Biz yuqorida ham turtib oʻtgan edikki, Otabek na Yusufbek hojiga, na Oʻzbek oyimga va na Hasanaliga Margʻilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
biror narsa yozish niyatlari boʻlsa, xolamning oʻzbek ayollariga mutlaqo yot boʻlgan mana shu yovvoyilik odatlarini ibrat uchun qalamlari uchida bir turtib oʻtsalar. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
turt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Turtib chiqmoq
-
Devorning turtib chiqqan joylari.
-
Kulcha yuz, yonoqlari turtib chiqqan amir-zoda na Muhammad Taragʻay va na Boysunqurga oʻxshardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
U kishining burni andak uzunroq, engagi oldinga turtib chiqqan sochi fatila-fatila boʻlib, yelkasiga tushgan edi. N. Aminov, Suvarak
TURT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar