turq
bilan ulashing
Tashqi qiyofa, avzo, vajohat (asosan, salbiy munosabat bilan)
-
Turqi sovuq odam. Turqini buzmay gapirmoq. Turqing qursin! Turqingni yel yesin!
-
Turqi buzuq erkaklarning Ur uni [Hojarni]! U qishlogʻimizga isnod keltirdi! deb xuddi hayvondek oʻkirganlari quloqlarim ostida qayta yangradi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Shu vaqt butalar orasidan ket! degan yoʻgʻon tovush eshitildi. Birdan itlarning turqi oʻzgardi-qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Shirmonxon hovliga chiqdi. Osmon yuzini qoplagan turqi xunuk bulutlarga tashvishli nazar tashladi. S. Zunnunova, Olov
-
Devor ustida turgan oʻn ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak koʻchirib olib, mulla Norqoʻziga oʻqtaldi: — Ha oʻl, turqing qursin! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
— Oting oʻchkur, — dedi ichida oʻgay ona Umidga tikilib, — hali sen odam boʻlib qoldingmi! Turishini qara, voy turqingni yel yesin! Mirmuhsin, Umid
TURQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar