pul
bilan ulashing
1. Oldi-sotdi yoki toʻlov muomalalarida narx, baho, qiymat oʻlchovi boʻlgan metall yoki qogʻoz belgi; aqcha.
-
Qogʻoz pul. Tanga pul. Naqd pul. Pul maydalamoq. Pul boʻlsa, changalda shoʻrva. Maqol
-
Puli kuygan qalampir chaynar. Maqol
-
Sidiqjon kechki payt koʻchaga chiqmoqchi boʻlgan edi, Anzirat xola, uning puli yoʻqligini bilganday, soch oldirgani pul berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yoʻlkiraga pulimiz, piyoda qaytishga ilojimiz boʻlmaganidan qolib ketdik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[Sanavbar Xayrinisoga:] Sizga ham gapiraman, pul uchun imoni va qizini sotadigan otamga ham gapiraveraman. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
2. Sarmoya, mablagʻ.
-
Qurilishga pul ajratmoq.
-
Pul-chi? Pul ham tugʻadi. Juda koʻp tugʻadi, tez tugʻadi, ayniqsa, bu zamonda pul sertuxum boʻlib ketgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq boʻlib qolishsa, bunday jamiyatning hech kimga keragi yoʻq. Gazetadan
3. so‘zlashuv tili Ish haqi; maosh.
-
Qorovul puli. Bugun pul oladigan kunimiz.
4. eskirgan Baʼzi yerlarda yarim tiyinga, baʼzi yerlarda bir tiyinga teng boʻlgan pul oʻlchov birligi va shu qiymatdagi mayda pulning oʻzi.
-
Narx bilib kelgan bolaga yigirma pul berib, orqasi kuymaganini olish sharti bilan nonga yubordi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Yiqitgan bolalarga ikki puldan sovrin berib tomosha qilib yotgan ikki boyning biri shu — Niyozmat hoji boʻlib, hajdan yangi kelgan yillari edi. A. Qahhor, Sarob
5. Afgʻonistonning asosiy pul birligi — afgʻoniyning yuzdan bir ulushiga teng mayda pul, tanga.
pul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pul boʻlmoq
-
Narsa sotsang, pul boʻladi, Erta-indin kul boʻladi. Maqol
Pul qilmoq
-
Uyni bezashdan boshqa narsaga yaramaydigan asboblarni yigʻishtirdim, barini sotib pul qildim. Oybek, Tanlangan asarlar
Pul(ning) qadrsizlanishi
-
Pulning qadrsizlanishi surʼatlari muntazam ravishda va izchillik bilan pasayib bormoqda. Gazetadan
Bir (yoki ikki, uch) pul
-
Bir pul berib yigʻlatdim, ming pul berib tindirdim. Maqol
-
Bu gaplar unga bir pul. Hamma unga bir pul.
-
Joʻraboyev Yusufiyning dalillarini bir pul qiladigan maqola yozibdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Turdi gʻilay olti yillik toat-ibodatini bir pul qildi. A. Koʻchimov, Halqa
Pulga chaqmoq
Pulni pul bilan oʻynamoq
Pulining sassigʻiga yotolmaydi
eskirgan, kitobiy, aynan Koʻprik.
pul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Puli sirot
PUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar