pufla
bilan ulashing
1. Ikki lab orasidan kuchli bosim bilan havo chiqarmoq, dam urmoq.
-
Chiroqni puflab oʻchirmoq. Sharni puflab shishirmoq. Xalq puflasa, boʻron boʻlar. Maqol
-
Rafiq puflagan edi, [hushtak] juda qattiq churulladi. Bola benihoyat suyundi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ergash oʻrnidan turib, chayla burchagida iligʻliq turgan choponini olib, yelkasiga tashladi. Puflab, chiroqni oʻchirayotgan edi, tashqarida motor ovozi eshitildi. Yoshlik
2. Ogʻzidagi narsani oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi bilan chiqarib, tuflab tashlamoq.
-
Abdumannop ishtaha bilan chaynab turgan goʻshtni puflab tashladi. A. Qahhor, Ogʻaynilar
-
U Saidiyning sharbatini soʻrib boʻldi. Endi poʻchogʻini puflab tashlashi kerak. A. Qahhor, Sarob
-
Ogʻzi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi, degan maqol bor. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
PUFLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУФЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pufla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar