pulli
bilan ulashing
1. Puli boʻlgan, puli bor.
-
Pulli — botir, pulsiz — yotir. Maqol
2. Pul toʻlanadigan, pul evaziga olinadigan, beriladigan yoki qilinadigan.
-
Pulli konsert. Pulli maʼruza.
-
Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tashkil qilingan pulli poliklinikaga direktor qilib tayinlashni soʻradi. A. Qahhor, Sarob
-
Pulli xizmatlarni bir yarim baravar koʻpaytirish rejalashtirildi. Gazetadan
-
Oliy biznes maktabida oʻqish pulli-kontrakt asosida boʻlib, Boshqaruv biznes magistri dasturi boʻyicha xalqaro talablar va xalqaro programma asosida olib boriladi. Gazetadan
3. (faqat miqdor ifodalovchi sonlar bilan) Pul, tiyin qiymatidagi.
-
Toʻqqiz pulli nosvoy. Uch pulli ahamiyati yoʻq narsa.
-
Olti pulli taqadek. Koʻzi irgʻib baqadek, Och muxlisning qoʻlida Oʻtmay qolgan chaqadek Shayx hazratlariga salom. Hamza
PULLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУЛЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pulli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar