punkt
bilan ulashing
1. Yer yuzidagi yoki fazodagi alohida belgisi, xususiyati bilan ajralib turadigan nuqta, maʼlum bir joy, yer.
-
Geografik punkt. Strategik punkt. Aholi yashaydigan punkt.
-
Kuni kecha joylardagi qabul punktlariga yangi pilla hosil ortilgan karvonlar kela boshladi. Gazetadan
-
Shaharlarda va aholi punktlarida patrul-yoʻl xizmati boʻlinmalari tashkil etilgan. Gazetadan
2. Biror ish, mashgʻulot, tadbir kabilar uchun belgilangan, maxsus jihozlangan bino yoki joy.
-
Telefon stansiyasining gaplashish punkti. Tibbiy yordam punkti. Paxta punkti. Komanda punkti.
-
Polkovnik Greyder oʻz kuzatish punktida turib, stereotruba orqali jangni koʻzdan kechirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Maktab, bogʻcha-yu qishloq vrachlik punkti qursa, yomonmi? Gazetadan
3. Matn, qonun, qaror kabilarning raqam yoki harf bilan belgilangan alohida qismi; paragraf, modda.
-
Uch punktdan iborat qaror. Yigirma punktdan iborat qoida.
4. plgrf. Bosmaxona belgilari (harf, raqamlar va boshqalar) oʻlchamlarini aniqlashda eng kichik birlik.
PUNKT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУНКТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
punkt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar