purka
bilan ulashing
1. Suv yoki boshqa suyuq narsani kuch bilan zarralarga aylantirib sochmoq.
-
Viltga qarshi dori purkamoq.
-
[Chol] Teriga suv purkaydi va koʻva bilan doʻq-doʻq urib, charmni tekislaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Birov qanotlaringizning tagiga suv purkab qoʻyganmi deyman, davraga tusholmay, mirgʻayib turibsiz. Askiya
2. koʻchma poet. Sochmoq, taratmoq.
-
Hozirgina diliga nur purkagan oʻylar yana koʻnglini gʻash qiluvchi ogʻir gumonlar bilan almashingandi. O. Yoqubov, Larza
-
Ammo saraton tandiri oʻchakishganday yana ham alanga olib, otash purkardi. Mirmuhsin, Umid
PURKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУРКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
purka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar