odamgarchilik
bilan ulashing
1. Odamlarga muhabbat, mehribonlik; insonga yaxshi munosabatda boʻlish; insoniylik, insonparvarlik.
-
Birdan Azizxonning odamgarchiligi tutdi-yu, ildam borib, Esh polvonni belidan koʻtardi. Esh polvon uning odamgarchiligini pisand qilmadi. S. Ahmad, Ufq
-
Elga qoʻshilmaysan, odamgarchiliging bormi? deyishaverib boshimni ogʻritishdi. Gazetadan
-
Ish, ish deb, odamgarchilikniyam unutib qoʻyibman, shekilli. Yoshlik
2. Insoniy qiyofa, yurish-turish.
odamgarchilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odamgarchilik qilmoq (yoki koʻrsatmoq)
-
Biz uni tarbiyat qilgin xor-zor boʻlmasin, deb odamgarchilik qildik. A. Qahhor, Sarob
-
Senga birov odamgarchilik qilib, yoningni olsa Odamgarchilik koni zarar, deb shuni aytishadi-da, oʻrtoq. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
Odamgarchilikdan chiqmoq
-
Eshboyev, jinoyatchi — odamgarchilikdan chiqqan shaxs, shuning uchun ham u bilan odam tilida gaplashish shart emas, deb hisoblardi. Yoshlik
-
— Afyunning kayfi qursin, domla! Sizni odamgarchilikdan chiqarib qoʻyibdi, — dedi Abdurahmonboy. H. Gʻulom, Mashʼal
ODAMGARCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДАМГАРЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ODAMGARCHILIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ODAMGARCHILIK so‘ziga berilgan ma’nolar
odamgarchilik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
odamgarchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar