obyektiv
bilan ulashing
fizika Optik asbob, fotoapparat, kinoapparat va shu kabilarning bir necha linza yoki koʻzgulardan iborat, obyektning teskari tasvirini hosil qiladigan old qismi.
-
Fotoapparat obyektivi. Mikroskop obyektivi. Teleskop obyektivi.
-
Bu kameraning Tis Volna-3 obyektivi koʻp qatlamli yoritish xossasiga ega. Gazetadan
-
Faqat obyektivning oldida oʻzingizni tabiiy tutolsangiz boʻlgani. T. Ashurov, Oq ot
1. fls. Ongdan tashqarida boʻlgan va ongga bevosita bogʻliq boʻlmagan.
-
Tabiatning obyektiv qonuniyati. Obyektiv borliq (reallik).
2. Yanglish yoki subyektiv fikrdan xoli boʻlgan; xolis, xolisona, betarafona.
-
Obyektiv baho, Obyektiv xulosa. Masalaga obyektiv yondashmoq.
-
Bizga shikoyat yoʻllashgan ekan, bu faktga obyektiv qarashimiz kerak! Yoshlik
OBYEKTIV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБЪЕКТИВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
obyektiv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar