obyekt
bilan ulashing
1. fls. Bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan, subyekt (inson)ning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan tashqi olam, borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; zid. subyekt.
-
Obyektning qaysi galaktikaga va yulduz turkumiga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nima deya olamiz? S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Kishi faoliyati, diqqat-eʼtibori qaratilgan hodisa, narsa.
-
Qiz oʻzi bilmagan holda rassomning obyektiga aylangan edi. Bundan Jamolzoda sevinar, ishqilib, ketib qolmasin-da, deb jadal chizardi. Yoshlik
3. Xoʻjalik yoki mudofaa ahamiyati boʻlgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar
-
Qurilish obyekti. Harbiy obyekt,
-
Mikrorayonda, shuningdek, savdo magazinlari, maktab, bolalar bogʻchasi, stadion va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari qurildi. Gazetadan
-
Mustaqillikdan soʻng tumanda qator muhtasham binolar: 2 ta kasb-hunar kolleji, kasalxona va boshqa qator obʼyektlar qad koʻtardi. Gazetadan
OBYEKT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБЪЕКТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
obyekt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OBYEKT so‘ziga berilgan ma’nolar
obyekt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar