obro‘y
bilan ulashing
1. Kishining tutgan ishi va yaxshi xislatlari tufayli jamoatchilik qoshida topgan eʼtibori; hur-mat, nufuz.
-
Direktorimizning obroʻyi baland. Obroʻyini koʻtarmoq (oshirmoq). Obroʻ(ni) saqlamoq.
-
[Oʻzbek oyim:] Axir, mening ham oʻzimga yarasha obroʻyim bor: Toshkentda kim-san — Yusufbek hojining koʻchiman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Obroʻ olmoq Hech narsasi yoʻqligiga qaramay, bor imkoniyatdan foydalanmoq, mehmondoʻstlikni joyiga keltirmoq (sir boy bermaslik uchun).
3. Shunday hurmat sohibi.
-
Uning [meh-monning] yonida yotgan katta bir qora muqovali daftar bu kishi shubhasiz Qamishkapaning obroʻlaridan ekaniga dalolat berib turardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Sharaf, iftixor; faxr; shuhrat, nufuz. Rais boʻlar kolxozchining kattasi.
-
Obroʻ boʻlar yerga ekkan paxtasi. Fozil shoir. Toshkent — oʻzbekning sanʼati, tovushi, Quvnoq muzikasi, kuyi, obroʻyi. Gʻ. Gʻulom
obro‘y soʻzi qatnashgan jumlalar:
Obroʻ koʻrmoq
-
Shunday obroʻ koʻrgan bir kishi kelib-kelib, nahotki oʻz qudasidan va kelinidan munchalik obroʻsizlik koʻrsa! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Obroʻ orttirmoq
Obroʻyi bir (yoki uch) pul boʻldi
Obroʻyi ketdi (yoki tushdi, toʻkildi)
-
Shavla ketsa-ketsin, obroʻ ketmasin! Maqol
Obroʻyini ketkazmoq (yoki toʻkmoq, tushirmoq)
-
Shoqosimning mushtumi yoʻgʻon, urushqoq, obroʻsi toʻkilishidan qoʻrqmaydigan, bezbetroq yigit ekanini ham bilardi. Mirmuhsin, Umid
OBRO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБРЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
obro‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OBRO‘Y so‘ziga berilgan ma’nolar
obro‘y so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar