puxta
bilan ulashing
1. Uzoq chidaydigan qilib ishlangan; pishiq, mustahkam.
-
Puxta gazlama. Puxta arqon. Puxta imorat. Puxta toʻqilgan paypoq.
-
Kunning qizigʻida keng tosh yoʻlda puxta etiklarini qaldiratib ildam yurgan askar yigit terlagan yuzida birdan shabada nafasini sezdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Koʻchama-koʻcha puxta gʻishtlardan toʻshab, taxtiravon yoʻl soldi. Nurali
2. Pishiq, har tomonlama oʻylab ish qiladigan.
-
Puxta odam. Puxta tashkilotchi. Puxtaning ishi besh, shoshmaning ishi boʻsh. Maqol
-
— Ha, sen puxtasan, — deya Toʻgʻaysari yana yonboshladi. — Balki seniyam bilganing bilgandir. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
3. Atroflicha, chuqur oʻylangan, asosli; pishiq.
-
Puxta fikr. Puxta ish. Puxta asar.
-
Xatib domla haqsizlikka qarshi puxta tadbirlarni koʻradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Bu gapni alohida eʼtirof etish kerakki, bularning barisi hayotiy, badiiy jihatdan puxta, ishonarli chiqadi. K. Qahhorova, Chorak asr ham nafas
-
Yoʻl-yoʻlakay qiz juda kam gapirar, faqat savollarga javob berar edi, javoblarni ham oldin puxta oʻylab, keyin aytardi. F. Musajonov, Huri
4. Kamchiligi, kam-koʻsti boʻlmagan, bekam-koʻst; toʻla-toʻkis.
-
Nazariy jihatdan puxta tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis kadrlar. Qishlovga puxta tayyorgarlik koʻrmoq.
-
Siyosiy mustaqillik puxta va mustahkam iqtisodiy zaminga ega. Gazetadan
PUXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
puxta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar