pusht
bilan ulashing
1. Odam yoki jonivorning urugʻ yoki tuxumida boʻladigan, maʼlum sharoitda rivojlanib, bolaga aylanadigan, oʻz rivojlanishining boshlangʻich bosqichidagi aʼzo; embrion.
-
Odamning pushti. Tovuqning pushti.
2. Kimsa yoki oilaning oʻzidan avvalgi avlodi yoki keyingi avlodi, avlod-ajdod; nasl.
-
— Mening erim toʻplagan mol-dunyosi ikki pushtga yetadi, — dedi Kumush. T. Jalolov, Oltin qafas
pusht soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pushti kamar
-
Mening pushti kamarim bu, suyukli oʻgʻlim, Nuriydiydam vasli uchun tangriga shukur. A. Oripov, Yillar armoni
Pushti kuyish
Yetti pusht
-
Yetti pushtim oʻtmagan otda, Bu aslida emas katta gʻam. Sharq yulduzi
-
Bolangdan aylanay, unday qilmang. Sulaymonning qargʻishi yetti pushtimga yetadi, aylanay. A. Koʻchimov, Halqa
-
Mirbadalbek, hushyor boʻling, mening qonim yetti pushtingizga sachraydi! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Pushti panoh (toʻgʻrisi pushtu panoh)
-
Doʻstim bor, dushmanim bor, mahalla-koʻy, guzarim bor, qarigan chogʻimda kenjaginamning xotini menga pushti panoh, qoʻl-oyoq boʻlarmikin, degan edim. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Suyangan togʻlari, pushti panohlari eshoni Sudurni boshlab kelishdi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
Pushti koʻtarmaslik
-
Oyisi etagidan tutgan boladek yuradiganlarni pushtim koʻtarmaydi. O. Muxtor, Ayollar mamlakati va saltanati
PUSHT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУШТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pusht so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar