puch
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy Chet, pastqam joy, ovloq; burchak.
-
Qishloqning qorongʻi puchmogʻi.
-
Axir, folklorchi boʻlish, qaysi bir puchmoqlarda koʻzdan pana yotgan xalq ijodining durdonalarini qidirib topish ularni yozib olib, kitob qilib chiqarish — eh-ha, igna bilan quduq qazishning ayni oʻzi-ku! Saodat
-
Togʻlarning bu xil puchmoqlari unga begona edi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Atrof tumonat oppoq edi. Bu oqlik jamiki puchmoqlar-u xilvat goʻshalarga ham allanechuk gʻayritabiiy kuch orqali tarqalgan. Sh. Boʻtayev, Qoʻrgʻonlangan oy
2. koʻchma Tag, tub; chuqur joy.
-
Yurak puchmogʻida qolgan kirlarni qalam bilan tozalov shoirning ishi. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Yon-atrof qanchalik rutubatli, yaʼni qanchalik qora-quyuq ranglar bilan oʻralgan boʻlmasin, koʻnglingizga negadir iliqlik inadi, bundan ham koʻnglingiz yorishadi, ham shuuringizning xira tortgan puchmoqlarida nimadir gʻimirlaydi. Gazetadan
PUCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
puch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan PUCH so‘ziga berilgan ma’nolar
puch so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar