pushta
bilan ulashing
1. q.x. Yonma-yon joʻyaklar orasidagi, odatda qator qilib ekin ekiladigan uzun yer boʻlagi, ekin palak otishi uchun qoldirilgan boʻsh joy.
-
Qovun pushtasi.
-
Bir-ikki qadam yurgandan keyin esa, birdan pomidor pushtasida kundaday gʻoʻdayib turgan eriga bir qaradi-yu, yurishiniyam, yurmasliginiyam bilmay qoldi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Qiz qoshiqday qora tuflisining uchi bilan egat pushtasini shibbaladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Ikki tok qatori orasidagi yoki ish-kom oʻrtasidagi boʻsh joy.
-
Bogʻda sakkiz uzun ishkom, hammasining poyalari yaxshi ishlangan, pushtalari chopilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
PUSHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУШТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pushta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar