bo‘ysun
bilan ulashing
1. Birovning buyrugʻiga, topshirigʻiga itoat qilmoq; yoʻl-yoʻrigʻiga yurmoq.
-
Koʻpchilikka boʻysunmoq.Nachora, otaning hukmi vojib, uning irodasiga boʻysunmay ilojing yoʻq. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Tabiatning hech kimga boʻysunmaydigan, birovdan soʻrab ham oʻtirmaydigan oʻz qonunlari bor. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Tan bermoq, rozi boʻlmoq, koʻnmoq.
-
Taqdirga boʻysunmoq.
-
— Rais oʻz soʻzlarida shunday nooʻrin, nohaq gaplarni aytdilarki, bunga indamay qoʻya berish nohaqlikka boʻy-sunish boʻlar edi, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Zotan, fotiha oʻqilgandan soʻng, taqdirga boʻysunishdan boshqa chora qoladimi — surishtirishning biron foydasi boʻladimi? Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Tobe, qaratilgan, yoʻnaltirilgan boʻlmoq, xizmat qilmoq.
-
Butun ish pax-tani oʻz vaqtida yigʻib-terib olish vazifalariga boʻysunishi kerak.
-
Gapning boshqa boʻlaklarga boʻysunmay, ergashmay, oʻzaro moslashib kelgan boʻlaklari bosh boʻlak deyiladi. Oʻzbek tili darsligi
4. Qaramogʻida, rahbarligi ostida boʻlmoq; itoat qilmoq.
-
Quyi davlat idoralari yuqori idoralarga boʻysunadi.
-
U oʻziga boʻy-sungan komandirlarga vazifani sodda, ravshan tushuntirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Axir, u bevosita yuqoriga boʻysunadi. E. Samandarov, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
BO‘YSUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙСУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘YSUN so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘ysun so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘ysun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- mutavajjih
- katta til modeli (LLM)
- master-klass
- naqliyot
- fikrlash zanjiri (Chain of Thought)
- karillamoq