bo‘zar
bilan ulashing
1. Rangi quv oʻchib, oqarib ketmoq.
-
Ostonada turgan ayolning soʻlgʻin yuzi dokadek boʻzardi, koʻzlarida yosh tomchilari miltilladi. H. Shayxov, Rene jumbogʻi
-
Teshaboyning lavlagiday qizarib ketgan yuzi birdan boʻzardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sidiqjonning rangi boʻzarib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Gʻira-shira yorishmoq, xira tortib oqarmoq.
-
Tong boʻzardi. Olamga yorugʻlik yoyila boshladi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Osmon boʻzarib borardi. Tepada faqat bir yulduz, u ham soʻnay-soʻnay deb miltillab turibdi. M. Mansurov, Yombi
-
Oppoq qor bosgan dalalar ustida boʻzarib tong otdi. H. Gʻulom, Mashʼal
bo‘zar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻzarib turmoq
-
Picha boʻzarib turgandan keyin Qorajon sekin jildi. Yoshlik
-
Ibodulla Botiralining yonida inda-may, boʻzarib turgan Boʻronbekka xoʻmrayib qaradi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Boʻzarib turmoqdan boshqani bilmaydi. Endi bu bir Majnun-da, deyishdi. Bahrom va Gulandom
BO‘ZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘zar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar