bo‘zla
bilan ulashing
1. Oʻkirib, uvvos tortib, nola qilib yigʻlamoq, zor-zor yigʻlamoq.
-
Supaga chiqib, chinakamiga: — Ota, otajon! — deb boʻzladi. Yoshlik
-
Ularning orasida eng koʻp boʻzlagani kenja oʻgʻil edi. Yoshlik
-
Har vodiyni bir-bir izladim, Yetim qoʻzi yangligʻ boʻzladim. H. Olimjon
2. koʻchma Mungli, dardli tovush chiqarmoq; nola qilmoq.
-
Bir shoʻx boʻztoʻrgʻay Gʻulom-jon boshidan ketmay hadeb boʻzlar, nimalardir soʻzlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Toʻrgʻay boshlari uzra charx urib boʻmadi. Yoshlik
-
Bagʻrimda boʻzlaydi silangan umid, Betinim toʻlgʻanar oʻzini urib. M. Egamberdiyeva, Gulbarg
-
Xayollar qoshimda Siz boʻlib boʻzlar. E. Oxunova, Men tongni uygʻotdim
-
Kozimning nazarida tanbur hamon oʻksib-oʻksib boʻzlardi. E. Usmonov, Yolqin
bo‘zla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻtaday boʻzlamoq
-
U ozmuncha koʻz yosh toʻkdimi, goh boʻtaday boʻzladi, goh un chiqarmay, ichida nola tortdi. I. Shamsharov, Dovruq
-
Ishqingda yigʻladim, boʻtaday boʻzlab Bahrom va Gulandom
-
Holing koʻrsa, otang boʻtaday boʻzlar. Bahrom va Gulandom
BO‘ZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘zla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar