bo‘z
bilan ulashing
1. Xom pishitilgan paxta ipidan qoʻl dast-gohida toʻqilgan mato.
-
Malla boʻz. Soʻz emgak boʻlar, boʻz — koʻylak. Maqol
-
Arqogʻini koʻrib, boʻzini ol, Onasini koʻrib, qizini ol. Maqol
-
Boʻzchilik bu yerdagilarning qariyb hammasiga ota kasb. Ayoli charx yigirsa, erkagi boʻz toʻqirdi. A. Muxtor, Opa-singillar
2. sifatdosh Boʻzdan tayyorlangan, tikilgan,
-
Boʻz yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar. Maqol
-
Noz-neʼmatning koʻpligidan boʻz dasturxonning yamogʻi koʻrinmay ketdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Nigor oyim boʻz toʻnni tekshirib koʻrdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Koʻkka moyil oq rang (asosan ot tusi haqida).
-
Boʻz ot. Boʻz boʻri. Boʻz toʻrgʻay. Boʻz qarchigʻay. Boʻz eshak. Boʻz tuya.
-
Oʻktam yosh boʻz otda iljayib turar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
U chorbogʻ chetidan boʻz otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini qoʻyib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Safidan adashgan boʻz turna boʻzlar A. Suyun, Olis tonglar
-
Katta, kuchli boʻz eshakni bolalarga tut-qizib, dastasi yoʻgʻon qamchini katta, juda kir sallasiga qistirdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Koʻldan bir kishi chiqib kela berdi, qoʻlida boʻz qarchigʻay. Intizor
bo‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rangi boʻz boʻlib ketmoq yoki boʻzday oqarmoq
-
Nazokatning yuzi boʻzdek oqardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Uning rangi boʻzday oqarib ketgan, aʼzoyi badani qalt-qalt titrar edi. K. Yashin, Hamza
-
Ajabo, bu odam nega kuladi, deb aftiga qarasam rangi boʻz boʻlib ketibdi! A. Qahhor, Asarlar
bo‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻz yer
-
Boʻz yerga qadalgan chigit bagʻriga bahor nafasi tegdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Boʻz yerlarga suv chiqadi, qishloq atroflari, qaqir — boʻz yerlar koʻkalamzor, ekinzor boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Boʻz tuproq
-
Poylab dehqon yoʻlini, boʻrsillaydi boʻz tuproq. A. Suyun, Olis tonglar
-
Gul bogʻim, bogʻim-bogʻim, Bogʻ boʻlgan boʻz tuprogʻim. Mirtemir, Asarlar
bo‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻz bola (yoki yigit)
-
Koʻpchiligimiz jang koʻrmagan boʻz yigit edik. B. Imomov. Hormang, quroldoshlar
-
Boʻz yigit emas-manmi, qon gup etib miyaga urdi. Mushtum
-
Suluv qizing bor boʻlsa, Boʻz bolaga yoqarsan. Sharq yulduzi
-
Shu kichkinagina boʻz yigit dilida soʻngsiz umidlar bor ekan. H. Gʻulom, Mashʼal
Oʻtsimon choʻl oʻsimligi; chalov.
Qattiq, uvvos yigʻi.
-
Unutmoq ham shunchami, Dunyo toʻldi boʻzimga. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
BO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘Z so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘z so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing