bo‘yicha
bilan ulashing
1. koʻm. (bosh kelishikdagi soʻz bilan)
2. Muvofiq, binoan, koʻra.
-
Buyruq boʻyicha. Qonun boʻyicha.
-
U shart boʻyicha Shoqosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir kun kechasi u [Otabek] yangi odati boʻyicha alla-qayoqqa ketgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu Oʻroz har kungi odati boʻyicha, jiydaga suyalib, oʻzi yasagan kichkina doʻmbirasini chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Oid, tegishli, doir.
-
Klassik kurash boʻyicha mamlakat chempionati boshlandi. Gazetadan
-
Rota boʻyicha navbatchi, kichik serjant Nazarov eshitadi. Gazetadan
-
Chinniga gul solish boʻyicha ishlarni ishchi-rassom bajaradi. Gazetadan
-
Savodsizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib qoldi. K. Yashin, Hamza
4. Sohasida, masalasida.
-
Hotam aka brigadasi meva yetishtirish boʻyicha birinchi oʻringa chiqib oldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Stansiyaning direktori men emas, Sizsiz, qolaversa, ministrlikning asalarichilik boʻyicha inspektori ham sizsiz. Mushtum
5. Holatida, shaklida.
-
Atrof tinch, sahro yaratilgan boʻyicha goʻyo qotib qolganday. K. Yashin, Hamza
6. Hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joyga taalluqli ekanligini bildiradi.
-
Tuman boʻyicha. Viloyat boʻyicha.
-
Bultur butun Oʻzbekiston boʻyicha paxtadan rekord hosil olindi. Gazetadan
-
1985 yili Yevropa boʻyicha uzun moʻylovlilar orasida birinchilikni olgan turkiyalik Ayub Toʻpchi oʻz moʻylovini besh million liraga sugʻurta qildi. Gazetadan
bo‘yicha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shu boʻyicha
BO‘YICHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙИЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘yicha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar